
Ruben Amorim «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Klub rahbariyati jamoaning Angliya Premyer-ligasidagi hozirgi o‘rni tufayli o‘zgarish qilish vaqti kelganini ma’lum qildi.
Ruben Amorim 2024-yilning noyabr oyida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning boshqaruvida «qizil iblislar» o‘tgan yilning may oyida Bilbaoda o‘tkazilgan UEFA Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Klub rahbariyati murabbiyga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, rahbariyat mavsumning qolgan qismida Premyer-ligada eng yuqori natijaga erishish imkoniyatini saqlab qolish maqsadida ushbu qarorni qabul qilgan. Chorshanba kuni «Byornli»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda jamoani vaqtincha Darren Fletcher maydonga boshlab tushadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Yunayted» va «Bornmut» durang qayd etgani haqida xabar bergan edi.