Samsung 2026-yilda sun’iy intellektli qurilmalar savdosini 800 millionga yetkazadi

5-yanvar 2026 14:26 eʼlon qilindi

Lalita Kim

Lalita Kim

Muxbir
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung 2026-yilda sun’iy intellektli qurilmalar savdosini 800 millionga yetkazadi
Samsung 2026-yilda sun’iy intellektli qurilmalar savdosini 800 millionga yetkazadi / Foto: Android Police

Samsung Electronics 2026-yilda sun’iy intellekt yordamchisi Gemini bilan jihozlangan 800 mln dona mobil qurilma sotishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p, deb yozadi Reuters.

Google’ning Gemini texnologiyasi nafaqat flagman modellarga, balki o‘rtacha narx segmentidagi Galaxy qurilmalariga ham joriy etiladi. Bu foydalanuvchilarga generativ qidiruv, media kontentni ilg‘or tahrirlash va yangilangan ovozli yordamchi imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Smartfonlardan tashqari, Samsung Gemini’ni maishiy texnika qurilmalariga ham integratsiya qiladi. Jumladan, Bespoke seriyasidagi muzlatkichlarda ham ushbu sun’iy intellekt texnologiyasi qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Google Gemini Google DeepMind jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan multimodal sun’iy intellekt modellari oilasi bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida matn, rasm, audio, video va kod bilan ishlay oladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda har yili 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi oʻtkazilishi xabar qilingandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, sun’iy intellekt boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni ragʻbatlantirish maqsadida tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. 

Shuningdek