
Samsung kompaniyasining kelajakdagi flagmani Samsung Galaxy S27 Ultra bo‘yicha dastlabki tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Modelning kamera tizimi yangilanishi kutilmoqda.
Samsung asosiy kamerani, keng burchakli kamerani va old kamerani to‘liq almashtiradi. Faqat teleobyektiv kamera hozircha o‘zgarishsiz qoladi.
Shu bilan birga, Ultra modellarda odatda ikkita telekamera bo‘lishi hisobga olinsa, ulardan ikkalasi ham eski qoladimi yoki bittasi yangilanadimi, hozircha aniq emas.
Galaxy S27 seriyasining rasmiy taqdimoti 2027-yilda bo‘lib o‘tadi. Ungacha esa kompaniya Galaxy S26 liniyasini taqdim etadi. Ushbu seriyaning premyerasi 25-fevralga belgilangan. Savdolar mart oyida boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung 20 000 mA/soatlik batareyaga ega smartfonlarni nega ishlab chiqarmasligi haqida yozgan edi.