Saudiya Arabistoni Qatarga sayyohlar oqimi bo‘yicha yetakchiga aylandi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Qatarga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlat sifatida BAA, Misr va Bahraynni ortda qoldirdi.
Saudiya Arabistoni hissasiga Qatarga kelgan barcha xalqaro sayyohlarning 25 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keldi. Mehmonlar asosan Islom san’ati muzeyi, Doha qirg‘og‘i (Corniche) va Lusayl shahriga tashrif buyurgan. BAA esa umumiy oqimning 20 foizini tashkil etib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Amirliklar ko‘proq hashamatli savdo markazlari va dam olish maskanlariga qiziqish bildirgan.
Ro‘yxatdagi keyingi o‘rinlardan Misr, Bahrayn, Eron, Ummon va Quvayt joy olgan bo‘lib, bu davlatlar vakillari madaniy tadbirlar, eko-turizm va biznes maqsadlarida Qatarga kelgan. 2026-yilda Dohaning «Ko‘rfaz hamkorlik kengashi (GCC) turizm poytaxti» maqomini olishi mintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlashi va xalqaro sayyohlar oqimini oshirishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni elchisiga «Do‘stlik» ordeni topshirgani haqida xabar bergan edi.