Meni bu suhbatlarning mazmuni qiziqtirmaydi — Toqayev Nazarboyev va Putin uchrashuvi haqida

eʼlon qilindi
Toqayevning aytishicha, Putin uni Nazarboyevning tashrifi haqida oldindan ogohlantirgan
Toqayev Nazarboyev va Putin uchrashuvi haqida izoh berdi
Foto: Oqorda

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning «Turkistan» gazetasida intervyusi e’lon qilindi. Unda u Nazarboyev va Putin uchrashuvi haqida ham izoh bergan.

Suhbat davomida jurnalist Toqayevdan sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida ham so‘radi. Ushbu tashrif Qozog‘iston jamiyatida muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Toqayevning aytishicha, Putin uni Nazarboyevning tashrifi haqida oldindan ogohlantirgan. Rossiya prezidenti uchrashuv Nazarboyevning shaxsiy iltimosi bilan bo‘lib o‘tganini bildirgan. Davlat rahbari bu muloqot norasmiy xarakterda bo‘lganini ta’kidladi.

«Bunday uchrashuvlar norasmiy hisoblanadi. Bu holatni Rossiya prezidenti shaxsan ta’kidlaydi. Meni bu suhbatlarning mazmuni qiziqtirmaydi. Men hech qachon bu haqda savol bermaganman», – deya qayd etgan Toqayev.

Shu bilan birga, u Nazarboyevni zamonaviy qozoq davlatchiligining asoschisi sifatida bir necha bor e’tirof etganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston 2026-yilda budjet taqchilligini yopish uchun 1,9 mlrd dollarlik obligatsiya chiqarishi haqida yozgan edi.

Shuningdek