Zeekr 8X avtomobili qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

5-yanvar 2026 15:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi yangi flagman SUV modeli Zeekr 8X modelini rasman tasdiqladi. Avtomobil yuqori unumdorlikka ega PHEV krossover sifatida joylashtirilmoqda. Rasmiy savdo boshlanishi 2026-yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.

8X SEA-S platformasida quriladi. Model 900V yuqori kuchlanishli arxitekturaga ega bo‘ladi. Haohan AI raqamli shassisi joriy etiladi. Kuch uzatish tizimi Zeekr 9X’ga o‘xshash bo‘ladi. Unda uchta elektromotor va 6C tezkor quvvatlanadigan batareya qo‘llaniladi.

Foto: Zeekr

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, Haohan SI shassisi og‘ir sharoitlarda ham barqarorlikni saqlaydi. Nam yo‘lda bir tomondagi ikkala g‘ildirak bir vaqtda ishdan chiqsa ham avtomobil 120 km/soat tezlikda xavfsiz tormozlana oladi. Yo‘ldan tashqarida tizim qor, loy, qum va tosh kabi yetti turdagi qoplamani avtomatik aniqlaydi.

Kamuflyaj ostidagi suratlarga qaraganda, 8X dizayni Zeekr 9Xga yaqin. Yon tomonda oddiy eshik tutqichlari saqlangan. Qora yaltiroq disklar va qizil tormoz supportlari ko‘zga tashlanadi. Orqa qismda uzluksiz LED fonarlar joylashgan.

Foto: Zeekr

O‘lchamlari Zeekr 9X’dan kichikroq bo‘ladi. 8X uzunligi taxminan 5,1 metrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3,1 metrga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Model 5, 6 yoki 7 o‘rindiqli variantlarda taklif etilishi mumkin.

Shuningdek, tom qismida lidar mavjud. Komplektatsiyaga qarab, Geely’ning G-Pilot H7 yoki H9 3-darajali haydovchiga yordam tizimlari taqdim etiladi. H7 bitta Nvidia Drive Thor-U chipi bilan ishlaydi. Hisoblash quvvati 700 TOPS. H9 esa ikki dona shunday chipga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Zeekr ilk bor rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek