Apple iPhone 17e’ni ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda

6-yanvar 2026 17:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yilning eng arzon iPhone’i: Apple iPhone 17e’ni ishlab chiqarishni boshlaydi
2026-yilning eng arzon iPhone’i: Apple iPhone 17e’ni ishlab chiqarishni boshlaydi / Foto: Texno.org

2026-yilda Apple taqdim etadigan ilk smartfon arzon segmentga mansub iPhone 17e bo‘lishi kutilmoqda. Smart Pikachu ma’lumotiga ko‘ra, qurilmaning ommaviy ishlab chiqarilishi 9-yanvardan keyin boshlanadi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, iPhone 17e tashqi ko‘rinishi jihatidan iPhone 16e’ga juda o‘xshash bo‘ladi. Biroq asosiy yangiliklardan biri ekran dizaynida. Smartfon 6,1 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘lib, unda Dynamic Island joylashadi.

Texnik tomondan, qurilma Apple’ning A19 protsessorining soddalashtirilgan versiyasida ishlaydi. Bu yondashuv avval iPhone 16e’da ham qo‘llangan edi. Shuningdek, iPhone 17e Apple’ning o‘ziga tegishli C1 nomli 5G modem bilan jihozlanishi aytilmoqda.

Narx masalasida katta o‘zgarish kutilmayapti. Smartfon taxminan $600 atrofida baholanishi mumkin. Biroq ijobiy tomoni shundaki, boshlang‘ich xotira hajmi 256 GB bo‘lishi ehtimoli bor. Bu esa arzon iPhone uchun sezilarli yangilik hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda smartfonlar bozori qanday o‘zgarishi haqida ma’lumot berilgandi. Tahlilchilarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha smartfon yetkazib berish hajmi 2,1 foizga kamayadi. Bunga asosiy sabab xotira chiplarining keskin qimmatlashuvi bo‘lib, bu qurilmalar tannarxi va ayniqsa, arzon smartfonlarga bo‘lgan talabga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek