7-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

7-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
26-dekabrda 12 078,47 so‘m (+10,87 so‘m), 29-dekabrda esa 21,15 so‘mga pasayib, 12 057,32 so‘mni tashkil qildi. 30-dekabr kuni dollar 31,99 so‘mga pasayib, 12 025,33 so‘m bo‘ldi. AQSh valyutasi yilni pasayish (20,92 so‘m) bilan boshlab, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mga tenglashdi. 6-yanvar kuni dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 56,21 so‘mga oshib, 14 020,01 so‘mni, rubl 0,07 so‘mga tushib, 147,74 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 6-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.