AQSh Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatmoqchi — Politico

eʼlon qilindi
Nashr rejaning taxminiy muddatini ham keltirgan
Grenlandiya
AQSh Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatmoqchi / Foto: Unsplash

AQSh Grenlandiya ustidan nazoratni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu harakatlar noyabr oyidagi o‘rta muddatli saylovlar yoki 4-iyul – AQSh mustaqilligining 250-yilligi bilan bog‘lanishi mumkin, deya yozmoqda Politico.

Eurasia Group’ning Yevropa bo‘limi boshqaruvchi direktori Mudjtabo Rahmonning fikricha, Vashingtonning yondashuvi Venesueladagi harakatlardan farq qilishi mumkin. Unga ko‘ra, AQSh siyosiy ta’sir kampaniyasi orqali mavjud muvozanatni o‘zgartirishni maqsad qilmoqda. Mahalliy siyosatchilarni jalb qilish orqali esa harbiy va fuqarolik nazoratini kuchaytirishga urinmoqchi.

Grenlandiya bosh vaziri orolni bir kechada egallash mumkin emasligini ta’kidladi. 2025-yil yanvarda Oq Uyga qaytgan AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani AQShga qo‘shish niyatida ekanini bir necha bor bildirgan. U orolni rossiyalik va xitoylik kemalar o‘rab olganini va AQSh mudofasi uchun bu hudud mutlaqo zarur ekanini aytgan.

AQShning Venesueladagi harakatlari Yevropa yetakchilarida Grenlandiya shunga o‘xshash ssenariyga duch kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni uyg‘otdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Grenlandiyaning kelajagini faqat Grenlandiya va Daniya belgilashi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, dekabr oxirida Tramp tomonidan Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi sifatida tayinlangan Lyuziana gubernatori Jeff Landri AQSh ma’muriyati hech kimni egallashni maqsad qilmayotganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolas Maduro AQSh sudida giyohvandlik moddalari bo‘yicha ayblovlarni rad qilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek