AQShning Venesueladagi harakati dunyoni xavotirga solmoqda — BMT

eʼlon qilindi
BMT vakiliga ko‘ra, Venesuelaning kelajagi faqat xalqning o‘zi tomonidan belgilanishi lozim
AQShning Venesueladagi harakati dunyoni xavotirga solmoqda / Foto: Reuters

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissariati AQShning Venesueladagi harbiy harakatlarini tanqid qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida AQSh kuchlari uch soatlik kutilmagan harbiy operatsiya orqali Venesuela rahbari Nikolas Maduroni Nyu-Yorkka olib keldi. Maduroning vitse-prezidenti vaqtincha prezident sifatida qasamyod qildi. Maduroni esa AQShda to‘rtta jinoiy ayblovlari bilan sud qilindi.

Foto: People.com

«Bu aralashuv xalqaro huquqning asosiy tamoyilini, ya’ni davlatlar boshqa davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga tahdid qilmasligi kerak degan tamoyilni buzdi. U, shuningdek, bu operatsiya inson huquqlari uchun g‘alaba emas, balki xalqaro xavfsizlik tizimini zaiflashtirib, har bir mamlakatni xavotirga solayotgan xavfdir», – deydi ofis vakili Ravina Shamdasani.

Shamdasani Venesuelaning kelajagi faqat uning xalqining o‘zi tomonidan belgilanishi kerakligini, beqarorlik va harbiylashtirishning kuchayishi inson huquqlari vaziyatini yanada yomonlashtirishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishi tufayli dunyoda neft narxlari pasayib ketgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek