
Jeyms Kemeronning «Avatar: Olov va Kul» filmi butun dunyo kinoteatrlarida $1 mlrddan oshiq daromad keltirdi. Bu rejissyorning milliard dollarlik to‘rtinchi filmi hisoblanadi, deya yozmoqda Reuters.
Disney kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, film global kinoteatrlarda jami $1,03 mlrd daromad keltirdi. Ushbu film «Avatar» seriyasining uchinchi qismini tashkil qilib, Jake va Neytiri qahramonlarining o‘g‘il farzandlarini yo‘qotishidan keyingi voqealarni tasvirlaydi.

Ma’lumot uchun, seriyaning birinchi filmi «Avatar» 2009-yilda chiqarilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha $2,9 mlrd daromad keltirgan. 2022-yilda chiqqan «Avatar: Suv Yo‘li» filmi esa $2,3 mlrddan oshgan daromad jalb qilgan va eng yaxshi vizual effektlar bo‘yicha Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan.
So‘nggi film esa AQSh va Kanadada $306 mln, xalqaro bozorlarda $777,1 mln daromad topdi. Kemeronning birinchi milliard dollarlik blokbasteri 1997-yilda chiqarilgan «Titanik» filmi bo‘lib, u global daromadda deyarli $2,3 mlrd yig‘gan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Disney «Hayvonlar shahri 2» filmi bilan kinokassa rekordlarini yangilagan edi.