Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari biroz pasaydi

5-yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,2 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Tenge bank» – 42,7%;
- «Anorbank» – 41%;
- «TBC bank» – 36,2%
- «Ipak yo‘li banki» – 36,2%;
- «Ipoteka bank» – 36,1%.
Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:
- «Aloqabank» – 23,8%;
- «Trast bank» – 24,2%;
- «Infinbank» – 24,6%;
- «Mikrokreditbank» – 25,5%;
- «Milliy bank» – 25,7%.
Avtokreditlar
Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham 23,4 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
- «Infinbank» – 17,8%;
- «Ipoteka bank» – 20%;
- «Garant bank» – 21,3%;
- «OFB» – 22,1%;
- «Aloqabank» – 22,3%.
Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Trast bank» – 26,7%;
- «Asakabank» – 26,2%;
- «Apex bank» – 25,3%;
- «Turon bank» – 24,7%;
- «Agrobank» – 24,7%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta narxlari bir necha baravar qimmatlashgani haqida xabar berilgandi.