
CAR jurnali 2025-yil uchun eng yaxshi gibrid avtomobillar reytingini e’lon qildi. Modellar 100 ballik tizim asosida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, baholashda texnik imkoniyatlar, yonilg‘i tejamkorligi va haydash qulayligi inobatga olingan. Quyida eng yaxshi beshta model haqida bilib olishingiz mumkin.
5-o‘rin. Jaecoo J7 SHS DHT — 81 ball

Ushbu plug-in gibrid krossover jozibali dizayn va yaxshi dinamikani taklif qiladi. Nisbatan arzon narxi, qulay saloni va dvigatel bilan elektromotor o‘rtasidagi samarali uyg‘unlik modelning asosiy ustunliklari hisoblanadi.
4-o‘rin. Omoda C9 1.5T PHEV AWD Explore — 82 ball

Chery tomonidan taqdim etilgan ushbu flagman model kuchli 1,5 litrli turbo dvigatel va to‘liq yurish tizimiga ega. Avtomobil murakkab yo‘l sharoitlarida ham yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi.
3-o‘rin. Haval H6 GT 1.5T PHEV 4WD Ultra Luxury — 83 ball

Haval H6’ning ushbu versiyasi tezkorlik va tejamkorlikni birlashtiradi. Plug-in gibrid tizim va to‘liq yurish avtomobilga yuqori boshqaruv va tezkor tezlanish imkonini beradi.
2-o‘rin. Mercedes-AMG GLC 63 S E Performance — 85 ball

Mercedes-Benz’ning ushbu modeli ekologik texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan. Kuchli tezlanish, zamonaviy texnologiyalar va hashamatli interyer avtomobilni yuqori bahoga loyiq qilgan.
1-o‘rin. BYD Sealion 6 Dynamic — 87 ball

BYD Sealion 6 reyting yetakchisiga aylandi. Yaxshi yig‘ilish sifati, boy jihozlanishi va juda tejamkor yoqilg‘i sarfi bilan ajralib turadi. CAR muharrirlari fikricha, bu model allaqachon an’anaviy benzin va dizel avtomobillariga munosib muqobil bo‘la oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Smart kompaniyasining yangi Smart #6 PHEV modelining ichki qismi tasvirlangan suratlar e’lon qilingandi.