Davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida bepul statsionar yordam muddati yarim yilga kechiktirildi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-iyulga qoldirildi
Foto: depositphotos.com

Davlat tibbiy sug‘urtasi asosida bepul reja asosidagi statsionar tibbiy yordam joriy etish muddati yarim yilga ko‘chirildi. Bu haqda 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan prezident farmonida belgilandi.

Avvaliga fuqarolar 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan tibbiyot muassasalarida elektron navbat asosida bepul reja asosidagi statsionar yordam olish huquqiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Endilikda ushbu muddat 2026-yil 1-iyulga qoldirildi.

Bepul reja asosidagi statsionar tibbiy yordam olish huquqi quyidagi shaxslarga beriladi: jismoniy shaxslar daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilari, Mehnat stajini hisoblash uchun belgilangan miqdordagi soliqlarni to‘lagan fuqarolar, shuningdek, voyaga yetmaganlar, o‘quvchilar va talabalar, homilador ayollar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan shaxslar, rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar, pensionerlar hamda davlat ijtimoiy himoya reyestrlariga kiritilgan kam ta’minlangan va nochor oilalar a’zolari.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi qanday ishlashi haqida yozgandi.

Shuningdek