
General Motors (GM) Michigan shtatidagi Flint Assembly zavodida ishlab chiqarish to‘xtatilishini 26-yanvar 2026-yilgacha uzaytirdi. Kompaniya og‘ir pikaplar ishlab chiqarishini sekinlashtirmoqda.
GM bayonotida to‘xtash sababi sifatida rejalashtirilgan texnik xizmat va loyiha ishlari ko‘rsatilgan. Ishlarning aniq ko‘lami va yakuniy maqsadi ochiqlanmagan. Mazkur pauza ilk bor 24-dekabr 2025-yilda, bayramlar arafasida boshlangan edi.
Zavoddagi tanaffus hudud iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Flint Assembly maydonchasida qariyb 5 ming nafar UAW a’zosi faoliyat yuritadi. Hatto vaqtinchalik to‘xtash ham kichik biznes va xizmatlar sohasida daromadlar kamayishiga olib kelmoqda. Kasaba uyushmalari manbalariga ko‘ra, xodimlar to‘xtash davrida kompensatsiya va ijtimoiy imtiyozlarni saqlab qoladi.

Rasmiy ravishda tanaffus aynan hozir nega uzaytirilgani izohlanmagan. Biroq sanoat kuzatuvchilari loyiha ishlarini ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiyalash va kelajakdagi yangilanishlarga tayyorgarlik bilan bog‘lamoqda. Avtokompaniyalar odatda bayramlar atrofidagi uzun tanaffusdan foydalanib, odatiy ishlab chiqarish paytida amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarni bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas yana qaysi davlatlarda sotilishi haqida yozgan edi.