Honor Magic 8 Air smartfoni qanday xususiyatlarga ega

6-yanvar 2026 22:16 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Honor Magic 8 Air smartfoni qanday xususiyatlarga ega / Foto: Ice Universe

Honor kompaniyasi yangi smartfon modeli – Honor Magic 8 Air’ni taqdim etdi. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Ushbu model iPhone Air’dan yengilroq va ixcham bo‘lib, zamonaviy dizayn bilan ajralib turadi. Qurilma ko‘rinishi bo‘yicha Pixel smartfonlariga o‘xshaydi, shuningdek, iPhone Air bilan ham ba’zi o‘xshashliklari mavjud.

Honor Magic 8 Air qalinligi 6,3 mm, vazni esa 158 g. Ekran diagonali 6,3 dyuym bo‘lib, smartfon kompakt va ingichka bo‘lishiga qaramay, 5500 mAh sig‘imli batareyaga ega.

Smartfon Dimensity 9500 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, 80 vattli tez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy va old kamera tafsilotlari ham ilgari ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Power 2 smartfoni kuchli batareya bilan taqdim etilgan edi.

Shuningdek