
Gollivud 2026-yilda chiqishi kutilayotgan bir qator loyihalar kassalarda katta daromad keltirishiga umid qilmoqda. Ular orasida Tom Holland ishtirokidagi «O‘rgimchak odam», «Super Mario»ning ikkinchi filmi, «Iblis Prada kiyadi 2», «Qichqiriq 7», shuningdek, «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» bor.
Pandemiyadan keyin hali ham to‘liq tiklanmagan kino sanoati uchun 2026-yil juda muhim yil bo‘lishi kutilmoqda. Quyida 2026-yilda e’tibor qaratishga arziydigan 20 ta film keltiriladi.
1. «Hamnet»

Mukofotlarga sazovor bo‘lgan yozuvchi Meggi O’Farrell romani asosida suratga olingan film Uilyam Shekspir va uning rafiqasi Agnes o‘rtasidagi munosabatlarni yoritadi. Film «Gamlet» asariga ilhom bo‘lgan fojeali voqealarni ochib beradi. Premyera sanasi: 9-yanvar (Buyuk Britaniya).
2. «28 yil o‘tib: Suyaklar ibodatxonasi» («28 Years Later: The Bone Temple»)

2002-yilda boshlangan mashhur franshizaning to‘rtinchi qismi. Film xavfli guruhlar, mojarolar va kutilmagan burilishlarga boy. Premyera sanasi: 14-yanvar (Buyuk Britaniya), 16-yanvar (AQSh).
3. «Bu ishlayaptimi?» («Is This Thing On?»)

Bredli Kuperning uchinchi rejissyorlik ishi. Film kutilmaganda stendap komediyaga kirib kelgan erkak haqida. Premyera sanasi: 30-yanvar (Buyuk Britaniya).
4. «Bo‘ronli dovon» («Wuthering Heights»)

Rejissyor Emeral Fennell tomonidan suratga olingan ushbu film ehtiros va ichki ziddiyatlarga boy. Asosiy rollarda Jeykob Elordi va Margo Robbi. Premyera sanasi: 13-fevral.
5. «Anna Lining vasiyati» («The Testament of Ann Lee»)

Amanda Seyfrid XVIII asrda yashagan diniy yetakchi Anna Li rolida. Film uning Amerikaga qilgan safarini hikoya qiladi. Premyera sanasi: 20-fevral.
6. «Qichqiriq 7» («Scream 7»)

Franshiza asoschisi Kevin Uilyamson bu safar rejissyor sifatida qaytdi. Sidney Preskott yana niqobli qotilga qarshi kurashadi. Premyera sanasi: 27-fevral.
7. «Super Mario: Galaktik film» («The Super Mario Galaxy Movie»)
Bir milliard dollardan ortiq daromad keltirgan animatsion filmning davomi. Premyera sanasi: 3-aprel.
8. «Iblis Prada kiyadi 2» («The Devil Wears Prada 2»)
Meril Strip va Enn Xeteuey rollariga qaytadi. Film modalar olamidagi yangi voqealarni ko‘rsatadi. Premyera sanasi: 1-may.
9. «Yulduzlar jangi: Mandalorets va Grogu» («Star Wars: The Mandalorian and Grogu»)
«Yulduzlar jangi» olamidagi eng mashhur serialning kinoversiyasi.
Premyera sanasi: 22-may.
10. «Fosh etish kuni» («Disclosure Day»)
Stiven Spilbergning bu yangi loyihasi sirli. Hatto ikki daqiqalik tizer-treyler ham syujetni yoritib bera olmaydi. Ammo u insoniyat o‘zga sayyoralik mehmonlar borligini bilib olishiga aniq ishora qiladi. Premyera sanasi: 12-iyun.
11. «O‘yinchoqlar tarixi 5» («Toy Story 5»)
Pixarning mashhur franshizasining yangi qismi. Tom Henks va Tim Allen yana ovoz beradi.
Premyera sanasi: 19-iyun.
12. «Super qiz» («Supergirl»)
Milli Alkuk ishtirokidagi yangi superqahramon filmi.
Premyera sanasi: 26-iyun.
13. «Moana»
Mashhur animatsiyaning real aktyorlar bilan suratga olingan versiyasi.
Premyera sanasi: 10-iyul.
14. «Odisseya» («The Odyssey»)
Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan, Gomer asari asosidagi epik film. Bosh rolda Mett Deymon. Premyera sanasi: 17-iyul.
15. «O‘rgimchak odam: Butunlay yangi kun» («Spider-Man: Brand New Day»)
Piter Parker (Tom Holand) hayotidagi yangi bosqich haqida hikoya.
Premyera sanasi: 31-iyul.
16. «Ochlik o‘yinlari: Hosil tongi» («The Hunger Games: Sunrise on the Reaping»)
Asosiy voqealardan 25 yil oldin bo‘lib o‘tgan tarix.
Premyera sanasi: 20-noyabr.
17. «Ota-onalar bilan tanishuv 4» («Focker-in-law»)

Mashhur komediyaning davomi, yangi aktyorlar bilan.
Premyera sanasi: 25-noyabr.
18. «Jumanji 3»

Mashhur franshizaning yakuniy qismi bo‘lishi kutilmoqda.
Premyera sanasi: 11-dekabr.
19. «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» («Avengers: Doomsday»)
Marvel umid qilayotgan katta qaytish. Robert Dauni kichik bu safar yovuz qahramon rolida.
Premyera sanasi: 18-dekabr.
20. «Dyunа: Uchinchi bo‘lim» («Dune: Part Three»)
Deni Vilyov suratga olgan trilogiyaning yakuni. Asosiy aktyorlar saqlanib qolgan.
Premyera sanasi: 18-dekabr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Disney «Hayvonlar shahri-2» filmi bilan kinokassa rekordlarini yangilagandi. Filmi $1,49 mlrd bilan Walt Disney Animation tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan loyihaga aylandi. Bu natija 2019-yilda $1,45 mlrd bilan rekord o‘rnatgan «Muzyurak-2» filmidan oshib ketdi.