Javohir Sindarov da’vogarlar turnirida ishtirok etadi

6-yanvar 2026 18:01 eʼlon qilindi

Lalita Kim

Lalita Kim

Muxbir
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
sindarov
Foto: Olamsport

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprda bo‘lib o‘tadigan FIDE da’vogarlar turniriga yo‘llanma oldi. Sindarov «JCH – 2025» dagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: FIDE

Undan tashqari, shaxmat toji uchun Fabiano Karuana, Anish Giri, Mattias Blyubaum, Vey I, Andrey Yesipenko va Xikaru Nakamura ham kurash olib boradi. Ishtirokchilar FIDE Circuit tizimi, Grand Swiss turniri va jahon reytingi orqali saralandi.

Foto: FIDE

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Chju Sziner, Aleksandra Goryachkina, Divya Deshmukx, Xampi Koneru, Tan Chjun’i, Vayshali, Katerina Lagno va Bibisara Assaubayeva o‘zaro kuch sinashadi. Tarkib Gran-pri seriyasi va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi natijalariga ko‘ra tuzilgan. Musobaqa g‘olibi rasmiy da’vogar maqomini oladi va amaldagi jahon chempioni bilan final jangida to‘qnash keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov FIDE reytingida 3 pog‘ona ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek