Kia kompaniyasining eng ommabop avtomobillari

6-yanvar 2026 10:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia kompaniyasining eng ommabop avtomobillari
Foto: Kia

Kia kompaniyasining 2025-yilda o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi. Motor1 portalining yozishicha, yil davomida butun dunyo bo‘ylab kompaniyaga tegishli 3,13 mln dona avtomobil sotilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2 foizga yuqori. Biroq kompaniya o‘zi belgilagan 3,22 mlnlik rejani to‘liq bajara olmagan.

Sotuvlarning asosiy o‘sishi krossoverlar hisobiga ta’minlandi. Eng katta talab aynan shu segmentga to‘g‘ri keldi. Kia’ning 2025-yildagi eng ommabop modellari quyidagicha bo‘ldi.

Eng ommabop Kia avtomobillari:

ModelSotuv hajmi (dona)
Kia Sportage569 688
Kia Seltos299 766
Kia Sorento264 673

Kia 2026-yilda 3,35 mln avtomobil sotishni rejalashtirmoqda. Bu maqsad yangi modellarning ishga tushirilishi hisobiga amalga oshirilishi kutilmoqda. Xususan, yangilangan Telluride va Seltos modellari sotuvlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi rejalangan.

Ichki bozor uchun 2026-yilga 565 ming dona avtomobil sotish maqsad qilingan. Eksport hajmi esa 2,775 mln donani tashkil etishi kerak. Shuningdek, harbiy yuk mashinalari va maxsus texnika savdosini qariyb ikki baravarga oshirib, 10 ming donagacha yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia K4 avtomobili haqida yozgan edi.

Shuningdek