Lego yangi Smart play texnologiyasini taqdim etdi

Lego Las-Vegasdagi CES 2026 ko‘rgazmasida Lego Smart play platformasini namoyish etdi. Yangi texnologiya 2026-yil 1-martdan boshlab sotuvga chiqadi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.
Yangi platformaning asosiy elementiLego Smart brick (aqlli g‘isht) bo‘lib, u sensorlar, akselerometrlar, yorug‘lik va ovoz sezgichlari hamda karnay bilan jihozlangan. Ushbu texnologiya va unga bog‘langan Smart teglar hamda maxsus minifiguralar yordamida konstruktorlar harakatga real vaqt rejimida reaksiya bildiradi. Tizim to‘liq ekranlarsiz (smartfon yoki planshetsiz) ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mavjud Lego to‘plamlari bilan ham mos keladi.
Platforma debyuti uchun uchta yangi «Yulduzlar jangi» to‘plami tanlab olingan: Lyuk Skayuokerning X-Wing qiruvchisi, Dart Vaderning TIE Fighter kemasi va «Taxt xonasi dueli» (Throne Room Duel). To‘plamlarning narxi $69,9 dan $159,9 gacha belgilangan bo‘lib, ularga 2026-yil 9-yanvardan oldindan buyurtma berish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lego «Stranger Things» seriali asosida yangi to‘plam chiqarishi haqida xabar bergan edi.