Liam Rosenior «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlandi

6-yanvar 2026 17:16 eʼlon qilindi

(7-yanvar 2026 00:46 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Chelsea Football Club

«Chelsi» futbol klubi Liam Roseniorni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi. Angliyalik mutaxassis London klubi bilan 2032-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

1984-yilda tug‘ilgan Rosenior murabbiy sifatida avvalroq «Derbi Kaunti» va «Xall Siti»da ishlagan. «Xall Siti»da u 2022-yilning noyabridan 2024-yilgacha faoliyat yuritgan, biroq rahbariyat bilan taktik qarashlardagi kelishmovchiliklar va himoyaviy uslubi sababli iste’foga chiqarilgan edi.

Foto: chelseafc.com

Mutaxassis keyinchalik «Strasburg»ni 13-o‘rindan 7-pog‘onaga olib chiqdi. Garchi fransuz klubi bilan amaldagi uch yillik shartnomasi bo‘lsa-da, Liam «Chelsi» taklifini qabul qilib, London klubiga o‘tdi. Futbolchilik faoliyatida esa u «Fulhem», «Reding», «Ipsvich» va «Brayton» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ruben Amorim «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek