Maduroning rafiqasi hibsga olish paytida jarohatlandi

Venesuelaning sobiq birinchi xonimi Siliya Floresning advokati Mark Donnelli Karakasda AQSh kuchlari tomonidan o‘tkazilgan hibsga olish amaliyoti vaqtida himoyasi ostidagi shaxs jiddiy jarohat olganini ta’kidladi.
69 yoshli Floresning peshonasi va ko‘zining yuqori qismida bog‘lamlar mavjud bo‘lgan. Advokat suddan Floresning salomatligini tekshirish uchun to‘liq rentgen qilinishini so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning qovurg‘asi singan bo‘lishi ehtimoli bor. Sudya Alvin Hellersteyn prokurorlarga mahbusga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sud majlisida Flores AQShga kokain tashish uchun til biriktirish hamda qurol va giyohvand moddalar bilan bog‘liq boshqa ayblovlarni rad etdi. Nikolas Maduro ham sog‘lig‘ida muammolar borligini va e’tiborga muhtojligini ma’lum qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Starlink Venesuelada bepul internet xizmatini taqdim etayotgani haqida xabar bergan edi.