Markaziy Osiyodagi ilk TGI Fridays restorani Toshkentda ochildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekistonda yana bir Amerika brendi ish boshladi
Foto: TGI Fridays / Linkedin

Dekabr oyida Toshkentdagi Seul Mun hududida AQShning TGI Fridays restorani o‘z faoliyatini boshladi. Bu brendning Markaziy Osiyodagi birinchi nuqtasidir.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda Papa John’s tarmog‘ini rivojlantirayotgan tadbirkorlar tomonidan yo‘lga qo‘yildi. TGI Fridays dunyoning 40 ta davlatida faoliyat yuritadi va O‘zbekistonda restoran va bar formatida ishlaydi. Menyuda burgerlardan tashqari spirtli ichimliklar ham o‘rin olgan.

Foto: Quartz

Ma’lumot uchun, TGI Fridays restoranlar tarmog‘i 1965-yilda Nyu-York shahrida Alan Stillman tomonidan tashkil etilgan. «Thank God It’s Friday» (Xudoga shukur, bugun juma) iborasini o‘z nomiga asos qilib olgan ushbu brend tez orada butun dunyo bo‘ylab kengayib, Amerika oshxonasi va kundalik ovqatlanish madaniyatini ommalashtirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan va bozorni tark etgan xorijiy brendlar haqida xabar bergan edi.

Shuningdek