
Oppo Xitoy bozorida Oppo Reno 15 5G smartfonining yangi Starry Pink rangdagi versiyasini namoyish qildi. Ushbu variant orqa panelidagi yaltirab turuvchi, yulduzsimon effekt beruvchi maxsus dizayni bilan ajralib turadi.
Smartfon MediaTek Dimensity 8450 chipi asosida ishlaydi. Protsessor chastotasi 3,25 Hz gacha yetadi. Grafik qismi Mali-G720 MC7 bilan jihozlangan. Qurilma 12 yoki 16 GB LPDDR5X operativ xotira va 256 GB, 512 GB yoki 1 TB UFS 3.1 doimiy xotira bilan taklif etiladi.

Model Android 16 va ColorOS 16 tizimi bilan ishlaydi. Old tomonda 6,32 dyuymli tekis OLED ekran joylashgan. Ruxsat 1,5K. Yangilanish chastotasi 120 Hz. Sensor javob tezligi 240 Hz. Eng yuqori yorqinlik 3600 nitni tashkil etadi. Ekran Oppo Crystal Shield Glass bilan himoyalangan.
Asosiy kamera 200 MP bo‘lib, optik stabilizatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Unga 50 MP ultra keng burchakli modul va 3,5 karra optik yaqinlashtirishga ega 50 MP periskop kamera qo‘shilgan. Barcha kameralar 4K/60 fps video yozuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamera 50 MP bo‘lib, u ham 4K formatda video oladi.
Smartfon suv va changdan IP66, IP68 hamda IP69 standartlari asosida himoyalangan. Akkumulyator sig‘imi 6200 mA·soat. SuperVOOC 80 Vt tezkor zaryadlash texnologiyasi mavjud. Qurilma 5G, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.4’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Oppo Reno 15 5G Starry Pink Xitoyda $430 narxdan sotuvga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 150 dollargacha bo‘lgan eng samarali smartfonlar haqida yozgan edi.