O‘tgan yilda 165 mingdan ortiq haydovchilarga jarima ballari berildi

eʼlon qilindi
2025-yilning yetti oyi davomida
YHXX haydovchilar
Haydovchilar endi jarimalarni «Safe Road» ilovasidan bilib oladi / Foto: stefanovicigor / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda 2025-yilning yetti oyi davomida 165 mingdan ortiq haydovchilarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari qo‘llanildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uch nafar haydovchi 7,5-8 jarima balligacha to‘plagan. Yana ikki haydovchida 6,5-7 ball, 12 nafar haydovchida esa 5,5-6 ball mavjud. Asosiy qism – 165 193 nafar haydovchi 0,5 dan 5 ballgacha bo‘lgan oraliqda jarima ballarini to‘plagan.

Shuningdek, faqat 2025-yilning oxirgi ikki oyida 50 mingdan ortiq haydovchilarga jarima ballari berilgan. Yo‘ldoshevning aytishicha, yuqori ball to‘plagan ayrim haydovchilar bilan bog‘lanilganda, ular jarima ballari haqida xabardor ekanini va hatto mashinasini haydamay qo‘yganini bildirgan.

Shuningdek, u 2026-yil 1-apreldan boshlab maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari hisoblanishini eslatdi. Hozircha ballar faqat Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida berilmoqda.

Jarima ballari qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda avtomobilni kim boshqarganiga qarab belgilanadi. Agar qoidabuzarlik avtomobil egasi emas, balki ishonchnoma, OSAGO sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida mashinani boshqargan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, jarima ballari aynan shu haydovchiga yoziladi.

Jarima ballari qanday hisoblanadi

Ushbu tizimga ko‘ra, MJtK (Motorli transport va yo‘l harakati kodeksi)dagi 12 ta modda bo‘yicha 19 xil qoidabuzarlik uchun jarima ballari miqdori tasdiqlandi.

Jarima ballari faqat YHXX (Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati) inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan qarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.

Agar bir yil davomida 12 balldan ortiq jarima ballari to‘plangan haydovchilarni sudga oshirish va ularni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan. Bunday holatda huquqdan mahrum qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, yangi tizimda qoida buzmagan haydovchilarni rag‘batlantirish choralari ham mavjud. 12 oy davomida qoida buzmagan haydovchilarga kelgusi yilning birinchi qoidabuzarligi uchun jarima bali yozilmaydi. Shuningdek, 6 oy davomida qoidabuzarlik qilmagan haydovchilardan 2 jarima bali ayirib tashlanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda uch oy ichida deyarli 70 mingga yaqin haydovchilar jarima ballarini olgani haqida yozgandi.

Shuningdek