O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p nikoh 20 – 30 yosh oralig‘ida qayd etildi

eʼlon qilindi
Jami ko‘rsatkichning 53,5 foizini shu yoshdagilar tashkil qiladi
O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p nikoh 20 – 30 yosh oralig‘ida qayd etilgan / Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

2025 yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda jami 177 mingta nikoh ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, nikohi qayd etilganlar orasida 20 – 30 yosh oralig‘idagi ayollar eng ko‘pi bo‘lib, ularning soni 94,7 ming nafar yoki 53,5 foizga teng. Oila qurgan ayollarning 65 ming nafari 20 yoshgacha bo‘lgan. Bu esa jami ko‘rsatkichning 36,8 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, 13 ming nafar 31 – 40 yoshdagi ayollarning oila qurishi umumiy ko‘rsatkichning 7,4 foizini tashkil etadi. 4037 nafar yoki 2,3 foiz ayollar 41 va undan katta yoshda oila qurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikoh yoshi bo‘yicha qonun buzilishiga javobgarlik kuchaytirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek