O‘zbekistonda oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlari oshdi

eʼlon qilindi
5 grammli oltin quymaning narxi 8,735 mln so‘mdan 8,858 mln so‘mga oshdi
O‘zbekistonda oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlari oshdi
O‘zbekistonda oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlari oshdi / Foto: depositphotos

Markaziy bank 6-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:39 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, narxlar 5-yanvar holatiga nisbatan oshgan.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 8,735 mln so‘mdan 8,858 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,395 mln so‘mdan 8,514 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,311 mln so‘mdan 8,428 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm8 858 000 so‘m8 514 000 so‘m8 428 000 so‘m
10 gramm17 715 000 so‘m17 028 000 so‘m16 856 000 so‘m
20 gramm35 431 000 so‘m34 055 000 so‘m33 711 000 so‘m
50 gramm88 577 000 so‘m85 138 000 so‘m84 278 000 so‘m
100 gramm177 155 000 so‘m170 275 000 so‘m168 555 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin biroz oshdi. 5-yanvar kuniga nisbatan, 6-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:17 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4,47 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, oltin narxi O‘zbekistonda 2025-yil davomida 49 marta oshgandi. Eng yuqori o‘sish 29-dekabr holatiga to‘g‘ri kelgan. Bunda 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan oshdi. 10 grammli quymaning qiymati 17,9 mln so‘mga yetdi.

Shuningdek