O‘zbekistonga o‘qishga kelgan eng ko‘p talabalar Hindistondan — statistika

eʼlon qilindi
Hindistonliklar xorijlik talabalar sonining taxminan 43,8 foizini tashkil qilmoqda
TO‘zbekistonga o‘qishga kelgan eng ko‘p talabalar Hindistondan / Foto: BSMI

2025-yilning yanvar – noyabr oylarida umumiy 37,2 ming nafar xorijiy talabalar ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 54,3 foizga ko‘paygan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

O‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet ellik talabalarning eng ko‘pi Hindistondan bo‘lib, ularning soni 16,3 ming nafarni tashkil etdi. Turkmanistondan 8,9 ming, Tojikistondan 2,7 ming va Pokistondan 1,7 ming nafar talaba o‘qish uchun O‘zbekistonni tanlagan.

Xitoydan 1,4 ming, Janubiy Koreyadan 870, Qirg‘iz Respublikasidan 823, Misrdan 737, Filippindan 501, AQShdan 464, Turkiyadan 357, Afg‘onistondan 291, Iordaniyadan 194, Buyuk Britaniyadan 179 nafar talaba ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, Rossiyadan 164, JARdan 155, Erondan 115, Qozog‘istondan 113, Bangladeshdan 97 va Italiyadan 94 nafar talabalar o‘qish uchun kelgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘istonda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha nechanchi o‘rindaligi haqida yozgan edik.

Shuningdek