Ramzan Qodirov o‘g‘lini hukumat raisi o‘rinbosari etib tayinladi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmat Qodirovni respublika hukumati raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqda Qodirov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
Ramzan Qodirov 2026-yilni hukumat tuzilmasidagi kadrlar o‘zgarishi bilan boshlaganini ta’kidladi. Yangi tayinlovlar Checheniston hukumati raisi Magomed Daudovning taqdimnomasiga asosan amalga oshirilgan.
«Do‘stlar 2026-yilni hukumat tuzilmasidagi kichik kadrlar o‘zgarishi bilan boshladik», – deya qayd etdi respublika rahbari.
2005-yilda tug‘ilgan Ahmat Qodirov endilikda Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini saqlab qolgan holda, hukumat raisi o‘rinbosari vazifasini ham bajaradi. U 2022-yildan buyon turli yuqori lavozimlarda, jumladan, respublika rahbari maslahatchisi va Yoshlar ishlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2024-yil may oyida esa «Ahmat» futbol klubi prezidenti etib tayinlangan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramzan Qodirov Bodrumda cho‘kib ketishiga bir bahiya qolgani haqida xabar bergan edi.