
Realme o‘zining yangi 5G modemli arzon narxdagi plansheti Pad 3 5G ni namoyish etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, qurilmaning modemsiz versiyasi $300 atrofida sotuvga chiqadi, 5G modemi bilan esa narxi $335 ni tashkil etadi. Planshetning o‘lchamlari 256 x 187 x 6,6 mm, vazni esa 578 grammdan iborat.
Planshet 12 dyuymli IPS displeyga ega bo‘lib, 2800×2000 pikselli ruxsat, 120 Hz yangilanish chastotasi va stylus qo‘llab-quvvatlash funksiyasini taklif qiladi. Qurilmaning ichida Dimensity 7300-Max protsessori, 8 GB operativ xotira va 128 yoki 256 GB ichki xotira mavjud.
Asosiy va old kamera 8 MP ruxsatga ega. Batareya quvvati 12 200 mAh bo‘lib, 45 vattli tezkor quvvatlashni va 6,5 vatt kuchida orqaga quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme Neo 8 smartfoni yanvar oyida taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.