
Smart kompaniyasining yangi Smart #6 PHEV modelining ichki qismi tasvirlangan suratlar e’lon qilindi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model o‘rta o‘lchamli plagin gibrid sifatida joylashtirilmoqda. Salon dizayni Smart #5 uslubini davom ettiradi. To‘liq raqamli asboblar paneli markaziy konsoldan yo‘lovchi tomonigacha cho‘zilgan ikkita ekran bilan birlashtirilgan. O‘rindiqlar sportcha, integratsiyalashgan bucket tipida. Eshik panellarida qalin shovqin yutuvchi materiallar qo‘llangani kuzatildi. Bu salon sokinligini oshirishi mumkin.

Texnik qismda 1,5 litrli turbomotor va elektromotor kombinatsiyasi ishlatiladi. Benzin dvigatelining maksimal quvvati 120 kVt. Ikki xil batareya variantı kutilmoqda. 20 kVt/soatli batareya bilan 110 km elektr yurish masofasi beriladi. 41,46 kVt/soatli variantda bu ko‘rsatkich 234 km gacha yetadi.

Tizimning umumiy quvvati 429 ot kuchigacha yetishi aytilmoqda. Umumiy yurish masofasi taxminan 1 810 km bo‘lishi mumkin. O‘lchamlari 4 906 mm uzunlik, 1 922 mm kenglik, 1 508 mm balandlikni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2 926 mm.
Smart #6 PHEV brend tarixidagi eng yirik model bo‘ladi. Yakuniy texnik ma’lumotlar va bozorga chiqish sanalari keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Smart #5 EHD avtomobili haqida yozgan edi.