Surxondaryodagi mahallalardan biriga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi

eʼlon qilindi
Sayrob mahallasiga
Surxondaryodagi mahallalardan biriga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi / Foto: «Dunyo» AA

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga ega Sayrob mahallasiga rasman «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Sayrob mahallasi betakror tabiati, milliy urf-odatlari, an’anaviy me’morchiligi hamda boy madaniy merosi bilan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador hudud hisoblanadi.

Sertifikat topshirish marosimida ta’kidlanganidek, ushbu tashabbus Sayrob mahallasining turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda uni mamlakat turizm xaritasida yanada mashhur maskanga aylantirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Omonxona qishlog‘i BMT Turizm tashkilotining turizm qishloqlarini rivojlantirish dasturiga kiritilgan edi.

Shuningdek