Tashkent City Mall’da yong‘in sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

6-yanvar kuni soat 08:55 da Tashkent City Mall majmuasining 2-lot hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Boshqarmaga tegishli qutqaruv va yong‘in o‘chirish texnikalari hodisa joyiga soat 08:57 da yetib borgan. Yong‘in qisqa fursatda bartaraf etilib, soat 09:01 da to‘liq o‘chirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yonib ketgan uyi uchun aholidan pul yig‘ib, avtomobil olgan bloger bo‘yicha izoh berilgani haqida yozgan edi.