Toshkent aeroportida tuman sabab ayrim reyslar muqobil aerodromga yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Samarqanddagi aerodromga
Toshkent aeroportida tuman sabab ayrim reyslar muqobil aerodromga yo‘naltirildi / Foto: LTS

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli parvozlar jadvaliga vaqtinchalik cheklovlar kiritildi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hududda tuman tushishi va ko‘rinish masofasining 700 metrga kamayishi sababli ayrim samolyotlarning qo‘nishi hamda jo‘nab ketishiga cheklovlar joriy etilgan.

Shu bois «Centrum Air» aviakompaniyasining Seul – Toshkent yo‘nalishidagi C6550 reysi hamda «Air Samarkand» aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi 9S3304 reysi ekipaj toifasi amaldagi cheklovlarga mos kelmagani sababli Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAirways 2026-yilda ichki reyslar uchun yangi qoidalarni e’lon qilgan edi.

Shuningdek