Tunda Toshkent aeroportida 20 daqiqa «svet» o‘chdi — video

Toshkent xalqaro aeroportida bugun, 5-yanvar kuni tungi 2:28 da Qo‘yliq podstansiyasidagi kichik nosozlik sababli qisqa muddatli elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Mazkur holat samolyotlarning uchishi va qo‘nish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmadi.
Aeroport ma’muriyati ma’lum qilishicha, jo‘nash va kelish zallari zaxira dizel generatorlar hamda UPS tizimlari orqali uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Barcha xizmatlar odatdagi rejimda faoliyatini davom ettirgan.
Soat 2:49 ga kelib elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Avvalroq «Kursiv» nashri Oʻzbekiston aeroportlarida yoʻlovchilar oqimi 14 foizga oshgani haqida yozgandi.
Ma’lumot uchun, energetikadagi texnologik buzilishlar 10 kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi.