
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev Qozonning «Rubin» klubidan Ozarbayjonning «Sabah» jamoasiga rasman ko‘chib o‘tdi. Bu haqda «Rubin» matbuot xizmati xabar bermoqda.
22 yoshli futbolchi bungacha «Sabah» safida ijara asosida to‘p surgan va jamoa bilan Ozarbayjon kubogi sohibiga aylangan edi. Rahmonaliev ushbu mavsumda Ozarbayjon chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etgan.
Yarim himoyachi xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2023-yilgi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan va final uchrashuvida g‘alaba goli muallifi bo‘lgan edi. Hozirda futbolchining transfer qiymati 800 ming yevroga baholanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Sabah» o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.