Xitoyda sobiq merning uyidan 13,5 tonna oltin va 23 tonna naqd pul topildi — video

eʼlon qilindi
U o‘limga hukm qilindi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Xitoy sudi Gangchjou shahrining sobiq meri Chjan Qini korrupsiya, o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, amaldor yillar davomida yer va davlat shartnomalari uchun pora olib, oltin, naqd pul va hashamatli ko‘chmas mulkni maxfiy yashirin joylarda yashirib kelgan. 2009-yildan 2019-yilgacha amaldor yer uchastkalarini ajratish va davlat shartnomalarini tuzishda yordam bergani uchun muntazam ravishda pora olgan.

Video: ijtimoiy tarmoqlar

Tintuvlar davomida sobiq mer uyining maxsus jihozlangan yerto‘lasida 286 milliard yuanga ($40,92 mlrd) teng 13,5 tonna oltin quymalari va 23 tonna naqd pul saqlagan yashirin ombor topildi. Shuningdek, zargarlik buyumlari, antiqa jihozlar, Xitoy va xorijdagi hashamatli ko‘chmas mulk hamda o‘ndan ortiq qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasi musodara qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan aktivlarning umumiy qiymati taxminan $4,3 milliardni tashkil etadi. Huquqni muhofaza qilish organlariga Chjan Qining uyidan musodara qilingan qimmatbaho buyumlarni olib chiqish uchun bir nechta harbiy yuk mashinalari kerak bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlari oshgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek