
Verge Motorcycles kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib qattiq jismli akkumulyatorga ega seriyali Verge TS Pro va Verge TS Ultra mototsikllarni namoyish qildi. Akkumulyator texnologiyasi Donut Lab bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Yangi qattiq jismli batareyalar yuqori energiya zichligi bilan ajralib turadi. Ko‘rsatkich 400 Vt/soat/kgni tashkil etadi. Bu ko‘plab elektromobillardan ham yuqori. Batareya 100 ming zaryad-razryad sikliga bardosh bera oladi. Ishlash harorati -30 dan +100 darajagacha. Sig‘imning 99 foiz saqlanib qoladi. Modulli tuzilma tufayli mexanik shikastda ham yong‘in xavfi deyarli yo‘q.

Zaryadlash ham rekord darajada. 200 kVt quvvat yordamida batareya 10 daqiqada 80 foizgacha to‘ldiriladi. Bu taxminan 300 km yo‘l bosish uchun yetarli. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, batareyalar kamyob metallarga bog‘liq emas va narxi lityum-ion analoglaridan arzonroq bo‘ladi.
Mototsikllar yangilangan motor-g‘ildirak bilan jihozlangan. Konstruksiya vazni 50 foizga kamaygan. Shu bilan birga, quvvat 201 ot kuchiga teng. Aylanish momenti 1 000 Nmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich hatto ayrim pikaplardan ham yuqori. Verge TS Ultra 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada chiqadi. Maksimal tezlik – 200 km/soat.
Verge TS Pro 20,2 kVt/soatli batareyaga ega. Yurish masofasi 350 km, narxi esa $30,9 ming. Verge TS Ultra esa 33,3 kVt/soatli batareya bilan 600 km gacha yuradi. Uning narxi $44,9 mingni tashkil etadi.
Dastlabki yetkazib berishlar 2026-yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilgi Chevrolet Equinox elektromobili qancha yukni torta olishi haqida yozgan edi.