
2025-yil davomida jami 2,1 mln dona Toyota avtomobili sotilgan. Bu haqda Motor1 portali xabar bermoqda. Kompaniyaning sotuv hajmi 8,1 foizga oshgan.
Toyota Corolla modelining sotuvlari 6,5 foizga oshib, 248 ming donaga yetdi. Bu ko‘rsatkichga xetchbek va sportcha GR Corolla ham kiritilgan. Corolla Cross esa alohida hisoblanadi va deyarli 100 ming dona sotilgan.
Toyota Camry ham kuchli natija qayd etdi. Modelga bo‘lgan talab 2 foizga oshib, 316 ming dona avtomobil sotildi. Bu uni AQShda Toyota’ning eng ko‘p sotilgan ikkinchi modeli qildi. Birinchi o‘rinda esa Toyota RAV4 qoldi. Model 479 ming dona sotildi, o‘sish 0,9 foizni tashkil etdi.
2025-yil Corolla Hybrid, GR Corolla va Camry Hybrid uchun rekord yil bo‘ldi. Toyota Prius endi segmentda yetakchi bo‘lmasa-da, uning sotuvlari 26,3 foizga oshdi va 56 ming donaga yetdi.
Premium segmentda ham o‘sish kuzatildi. Lexus IS modeli sotuvlari 4,1 foizga ko‘tarilib, 19 ming donani tashkil etdi. Lexus ES sotuvi 7,5 foizga kamaydi. Bozordan chiqib ketayotgan Lexus LS sotuvi esa ikki baravarga qisqardi. Shunga qaramay, krossoverlar hisobiga Lexus AQShda 2025-yilda rekord natija qayd etdi. Brend yil davomida 370 ming dona avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 7,1 foiz ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilingani haqida yozgan edi.