Abdusattorov va Sindarov eng ko‘p daromad topgan shaxmatchilar o‘nligiga kirdi

7-yanvar 2026 13:38 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: SI yordamida yaratilgan

2025-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng ko‘p mukofot puli ishlagan shaxmatchilari kuchli o‘nligidan joy oldi. Bu haqda Chess.com xabar bermoqda.

Foto: Chess.com

Ikkala shaxmatchi ham yil davomida yirik xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy hisobda $100 minglik dovonni bosib o‘tgan 26 nafar shaxmatchi qatoriga kirdi. Nodirbek Abdusattorov 2025-yil davomida 16 ta turnirda qatnashib, jami $362 ming ishlab topdi va reytingning 9-pog‘onasini band qildi. Uning eng yirik yutug‘i $85 mingni tashkil etdi.

Ro‘yxatning 10-o‘rnidan esa Javohir Sindarov joy oldi. U 11 ta turnirda ishtirok etib, jami $350 ming daromad ko‘rdi. Sindarovning eng katta muvaffaqiyati 2025-yilgi FIDE Jahon kubogidagi g‘alabasi bo‘lib, bu unga $120 ming keltirdi.

Foto: Chess.com

Reytingni norvegiyalik Magnus Karlsen boshqarib turibdi. U o‘tgan yili turnirlarda qariyb $1,5 mln ishlagan yagona shaxmatchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan AQSh vakili Fabiano Karuana ($889 ming) va Levon Aronyan ($752 ming) o‘rin olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov FIDE reytingida 3 pog‘ona ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek