Avtomobillarga ekostikerlarni onlayn olish imkoni yaratildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xizmat ko‘rsatish muddati murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunni tashkil qiladi
Foto: Videodan ekran tasviri

Avtotransport vositasi uchun ekostikerlarni olish xizmati onlayn tarzda yo‘lga qo‘yildi. Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida topshiriladi. Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, faqat pochta orqali yetkazib berish uchun to‘lov olinadi.

Jarayonga ko‘ra, ariza beruvchi YIDXP’da avtorizatsiyadan o‘tadi va elektron ariza yuboradi. Arizada transport vositasi haqidagi ma’lumotlar hamda ekologik stikerni yetkazib berish manzili ko‘rsatiladi. Tizim pochta xarajatlari uchun invoysni avtomatik shakllantiradi. Foydalanuvchi ushbu to‘lovni elektron shaklda amalga oshiradi.

Vakolatli organ transport vositasi ma’lumotlarini axborot tizimlari orqali tekshiradi va ekologik toifani avtomatik aniqlaydi. Shundan so‘ng ekologik stiker rasmiylashtiriladi, chop etiladi va pochta orqali yuboriladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunni tashkil etadi. Xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan ekostiker bo‘yicha jarimalar 2026-yildan qo‘llanilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek