Blokada, ataka, trevoga: Mudofaa sohasidagi atamalarning milliy muqobillari ko‘rib chiqilmoqda
eʼlon qilindi
Atamalar bo‘yicha fikr-mulohazalar ham qabul qilinadi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari xorijiy mudofaa atamalarini o‘zbekcha muqobillari bilan almashtirish bo‘yicha yuborilgan takliflarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda akademiya rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Ishchi guruh taqdim etilayotgan atamalar bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ularni muhokama etmoqda. Takliflar ushbu havola orqali qabul qilinadi.
| Xorijiy atama | O‘zbekcha muqobil |
|---|---|
| Akselbant | Zarhal bog‘(ich) |
| Ambrazura | Shinak |
| Ataka | Hamla |
| Baraban(chi) | Nog‘ora(chi) |
| Blindaj | Panajoy |
| Blokada | Qamal |
| Blokpost | To‘siqpost |
| Bronejilet | Zirhnimcha |
| Veshmeshok | Yukxalta |
| Gaupvaxta | Tutuqxona |
| Gorn(chi) | Burg‘u(chi) |
| Diversant | Qo‘poruvchi |
| Diversiya | Qo‘poruvchilik |
| Dozor | Erovul |
| DOT | UMMON, MJON |
| Dubinka | Tayoq |
| Zapal | Chaqnatkich |
| Kaska | Dubulg‘a |
| Kokarda | Jig‘a |
| Kotelok | Qozoncha |
| Kursant | Kursant, tinglovchi |
| Lager | Jamloq |
| Marsh | Yurish |
| Mishen | Nishon |
| Okop | Xandaq |
| Payok | Payok |
| Planshet | Yonchiq |
| Poligon | Dala o‘quv maydoni |
| Protivogaz | Gazniqob |
| Rejim | Tartibot |
| Stvol | O‘qquvar |
| Transheya | Xandaq yo‘lagi |
| Trevoga | Bong |
| Trenchik | Zanjirbog‘ |
| Tribunal | Harbiy mahkama |
| Fortifikatsiya | Istehkom |
| Furajka | Bo‘rk |
| Shevron | Uqa |
| Emblema | Tanuq |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek tilida parol, markirovka va dostavka so‘zlari bekor qilinishi haqida yozgan edik.