BMW, Cadillac va Porsche: 2026-yilda chiqishi kutilayotgan premium avtomobillar

7-yanvar 2026 12:10 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BMW, Cadillac va Porsche: 2026-yilda chiqishi kutilayotgan premium avtomobillar
BMW, Cadillac va Porsche: 2026-yilda chiqishi kutilayotgan premium avtomobillar / Foto: Coches

Avtosanoat 2026-yilda ham qimmat va hashamatli yangi modellari bilan e’tiborni tortishi kutilmoqda. Mutaxassislar yaqin orada bozorga chiqishi kutilayotgan eng qimmat va premium avtomobillarning TOP-5 ro‘yxatini tuzdi. Ular kuchli texnologiya, qulaylik va zamonaviy dizayn bilan ajralib turadi. Quyida mazkur modellar haqida bilib olishingiz mumkin.

Acura RSX EV

Acura RSX EV / Foto: Acura

Boshlang‘ich narxi taxminan $55 ming. Bu mashhur Acura RSX modelining ilk to‘liq elektr talqini bo‘ladi. Avtomobil to‘liq uzatma tizimiga ega ikki elektromotor bilan jihozlanadi. Katta batareya tufayli u tashqi qurilmalarni ham quvvat bilan ta’minlay oladi.

BMW iX3

BMW iX3 / Foto: BMW

Narxi taxminan $60 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yangi elektr krossover 800 voltli tezkor zaryadlash tizimiga ega bo‘ladi. Quvvati 463 ot kuchini tashkil etadi. Bir zaryad bilan 640 km gacha yo‘l bosadi va batareyani 21 daqiqada tezda zaryadlash mumkin.

Cadillac Vistiq

Cadillac Vistiq / Foto: Electrive

Boshlang‘ich narxi $77,4 mingdan boshlanadi. Cadillac uch qatorli elektr SUV modelini taqdim etadi. Avtomobil 615 ot kuchiga ega bo‘lib, 490 km yurish zaxirasini taklif qiladi. Keng salon va yuqori darajadagi qulaylik oilaviy foydalanish uchun moslashtirilgan.

Gibrid Jeep Grand Wagoneer

Jeep Grand Wagoneer / Foto: TopElectricSuv

Narxi $82 mingdan boshlanadi. Ushbu modelda 3,6 litrli V6 benzin dvigateli va katta sig‘imli batareya ishlatiladi. Ishlab chiqaruvchi bitta to‘liq yoqilg‘i va zaryad bilan 800 km gacha masofa bosib o‘tish mumkinligini ta’kidlamoqda.

Elektr Porsche Cayenne

Elektr Porsche Cayenne / Foto: Car and Drive

Boshlang‘ich narxi $111,3 ming. Porsche mashhur Cayenne modelining to‘liq elektr versiyasini tayyorlamoqda. Avtomobilning maksimal quvvati 1139 ot kuchigacha yetadi. Faol aerodinamika va ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi.

Umuman olganda, 2026-yil premium avtomobillar bozori uchun texnologiya, qudrat va hashamat uyg‘unlashgan muhim yil bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Chevrolet Equinox avtomobillarini ovozsiz yurishi sabab chaqirib olayotgani xabar qilingandi. Unga  ko‘ra, bunga asosiy sabab avtomobilning past tezlikda yetarli darajada ovoz chiqarmasligi. Bu holat AQSh va Kanada qoidalariga mos kelmaydi.

Shuningdek