Endi nikoh shartnomasi videokonferensaloqa orqali ham tasdiqlanadi

eʼlon qilindi
Notarial idora binosida
Endi nikoh shartnomasi videokonferensaloqa orqali ham tasdiqlanadi / Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Adliya vazirligi tomonidan «Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida» nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, notariuslar nikoh shartnomasini notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiradi. Murojaat qiluvchi shartnomani tayyorlash uchun notarial idoraga o‘zi kelishi yoki my.gov.uz hamda E-notarius.uz portallari orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Notarius murojaat qiluvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnomani tasdiqlash jarayonida quyidagilarni tekshiradi:

  • taraflarning nikoh yoshiga yetganligi;
  • ular o‘rtasida nikoh mavjud yoki mavjud emasligi;
  • taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligi;
  • ilgari shartnoma tuzilmaganligi.

Shartnoma loyihasi tayyor bo‘lgach, tomonlar bir vaqtda notarius huzurida shartnomani imzolash uchun taklif qilinadi. Barcha nusxalar tomonlar tomonidan to‘liq ism, familiya va otasining ismi bilan notarius ishtirokida imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p nikoh 20 – 30 yosh oralig‘ida qayd etilgan edi.

Shuningdek