Humans kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar IIB tomonidan o‘rganilmoqda — Markaziy bank

eʼlon qilindi
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish hamda amaldagi qonunchilik doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etilgan
Foto: Humans

Markaziy bank Humans kompaniyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, «Humans» MChJga to‘lov xizmatlarini ko‘rsatgan «Octagram» AJ faoliyati yuzasidan regulyatorning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan va tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborilgan. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish hamda amaldagi qonunchilik doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etilgan.

Hozirda Humans kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Markaziy bank mazkur holat yuzasidan fuqarolarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishga chaqirdi.

Regulyatorning eslatishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan har bir bank va to‘lov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini to‘liq himoya qilishni ta’minlashi shart.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humans kompaniyasi xizmatlari ishlashda davom etayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek