Ikki davlatning yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta — Sadir Japarov

eʼlon qilindi
O‘zbekiston prezidenti bu ikki davlatni fursatni boy bermaslikka chaqirgan
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekning Tojikiston bilan chegara muammosi hal bo‘lishida O‘zbekiston rahbarining o‘rni katta ekanini aytdi. Bu haqda «Prezident» hujjatli filmida keltirilgan.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegarada 2021-yilning aprelida bo‘lib o‘tgan nizodan keyin o‘z yaqinlari, masalan, ayni paytda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bo‘lmish Qamchibek Tashiyevning e’tirozlariga qaramasdan, Dushanbeda Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazgan, ammo 10 soat davom etgan muzokaralar samarasiz yakunlangan.

Hujjatli filmda Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan kelishuvga erishishda Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari katta bo‘lganini aytgan.

«Uchrashuvlarimizda Rahmonga “O‘tirib gaplashib olaylik» dedim. Boshida u rad etdi. Ikkinchi safar esa rozi bo‘ldi. Shu o‘rinda aytib qo‘yishim kerak, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi o‘rni juda katta bo‘ldi. U bizni fursatni boy bermasdan, o‘zaro kelishuvga erishish lozimligiga ko‘ndirdi. Shunday qilib, o‘tirib, chegara nizosini hal qilib oldik”, – degan u.

Bundan tashqari, u Tojikistondan keyin O‘zbekiston bilan chegara masalalari muvaffaqiyatli hal qilingani haqida ham so‘zlab bergan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlangani haqida yozgandi.

Shuningdek