
Xitoyda Kia avtomobillarining narxlari pasaydi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.
Kompaniya pasaytirilgan narxlarni joriy qilgan. Aksiya kompaniyaning barcha modellari uchun amal qiladi va yanvar oyi oxirigacha davom etadi. Bu holat bozorda navbatdagi narxlar urushi boshlanganidan darak berishi mumkin.
Chegirmalar faqat belgilangan komplektatsiyalar uchun taqdim etilmoqda. Odatda bu o‘rtacha jihozlanish darajasidagi versiyalar hisoblanadi. Ayrim modellarga foizi subsidiyalangan avtokredit, yonilg‘i kartasi va 5 ta bepul texnik xizmat kabi bonuslar ham qo‘shilgan.
Pasaytirilgan narxlar:
| Model | Narxi, yuan | Narxi, $ |
|---|---|---|
| Kia Carnival 2026 | 228 000 | $31 920 |
| Kia Seltos 2026 | 84 000 | $11 760 |
| Kia Sportage | 121 000 | $16 940 |
| Kia Stonic 2026 | 56 000 | $7 840 |
| Kia Sonet | 82 000 | $11 480 |
| Kia K5 | 114 000 | $15 960 |
| Kia K3 | 70 000 | $9 800 |
| Kia KX1 | 60 000 | $8 400 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilingani haqida yozgan edi.