Motorola 6,99 mm qalinlikdagi yangi flagman taqdim etdi

eʼlon qilindi
Yangi Signature modeli Yevropada 900 yevrodan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilindi
Foto: motorola.com

Motorola kompaniyasi CES 2026 ko‘rgazmasida o‘zining eng ingichka Signature flagmani namoyish etdi.

Motorola Signature tashqi ko‘rinishidan Edge seriyasini eslatadi va Pantone ranglarida taqdim etilgan. Smartfonning o‘ziga xos jihati uning korpusi bo‘lib, qalinligi atigi 6,99 mm ni tashkil qiladi. Yupqa dizaynga qaramay, qurilma 5200 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 90 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega.

Foto: motorola.com

Texnik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, u Snapdragon 8 Gen 5 protsessori va 16 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Qurilma tasvirga olish imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Orqa panelda har biri 50 megapikselli uchta kamera joylashgan. Old kamera ham 50 megapikselli Sony sensori asosida ishlaydi.

Foto: 9to5Google

Signature modeli Yevropa bozorida shu yilning o‘zida, 16/512 GB xotira konfiguratsiyasi uchun 900 yevro narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Motorola Razr Fold smartfoni imkoniyatlari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek