Motorola Razr Fold smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqdi

7-yanvar 2026 09:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Wired

Motorola kompaniyasi tarixidagi ilk kitob uslubidagi buklama smartfon – Motorola Razr Fold modelini rasman namoyish qildi. Bu haqda GSMArenma nashri xabar bermoqda.

Yangi model orqali brend tarixida ilk bor katta o‘lchamli buklama ekran bilan chiqdi. Motorola Razr Fold ichki asosiy displey bilan jihozlangan. Uning diagonali 8,09 dyuymni tashkil qiladi va 2K aniqlikka ega. Tashqi ekran diagonali esa 6,56 dyuym. Qurilma shu segmentdagi yetakchi modellar, jumladan, Samsung’ning Galaxy Z Fold7 smartfoniga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib sifatida taqdim etildi.

Smartfon uch kamerali asosiy modul bilan jihozlangan. Har uchala sensor 50 MP aniqlikka ega. Asosiy kamera Sony LYTIA datchigiga ega. Komplektga keng burchakli kamera va 3 karra optik zumga ega periskop teleobyektiv ham kiradi. Kameralar Dolby Vision texnologiyasi asosida video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Selfi uchun ikki kamera mavjud: tashqi ekranda 32 MP va ichki ekranda 20 MP.

Motorola Razr Fold kompaniyaning sun’iy intellektga asoslangan Catch Me Up va Next Move funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Moto Pen Ultra stilusi bilan ham mos keladi. Sotuvlar boshlanishida smartfon ikki rangda taklif qilinadi. Bular Pantone Blackened Blue va Pantone Lily White ranglari hisoblanadi.

Narx, protsessor, xotira konfiguratsiyalari va savdo boshlanish sanasi haqida ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri foydalanuvchilarni eng ko‘p mamnun qilgan smartfon haqida yozgan edi.

Shuningdek