Mubashshir Ahmad og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda

eʼlon qilindi
Alisher Tursunov Navoiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tamoqda
Foto: Azon Global

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani aytilmoqda. Bu haqda uning himoyachisi Abdulloh Sodiq ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Alisher Tursunov Navoiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tamoqda. Advokatning bildirishicha, mahkumga qandli diabet II tip, insulinga muhtoj turi hamda chap oyoq artrozi tashxisi qo‘yilgan. Uning oyoqlari shishib ketayotgani, tanasida turli yaralar paydo bo‘layotganiga qaramay, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov 2025-yil 8-oktabr kuni 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Hukm Uchtepa tumani sudi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, sud uni tergov organlari ilgari surgan uchta modda bo‘yicha aybdor deb topgan. Shundan so‘ng u apellyatsiya shikoyati bermaslikka qaror qilgan.

Hozirda u Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 5-sonli koloniyada saqlanmoqda.

Advokat Abdullоh Sodiqning aytishicha, Tursunovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tergov va sud jarayonlaridayoq bir necha bor ko‘tarilgan. Himoyachi sud va tergov idoralariga qandli diabet bilan uzoq yillardan beri og‘rib kelinayotganini bildirgan, biroq ehtiyot chorasi va jazoni tayinlashda bu holatlar inobatga olinmagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mubashshir Ahmad 2-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek